Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI O‘NDAN ORTIQ XALQARO TASHKILOTLAR ISHTIROKIDA TAʼLIMDAGI STRATEGIK HAMKORLIK YO‘NALISHLARINI BELGILAB OLADI

29-aprel 2022-yil
image

Ayni damda Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Xalq taʼlimi vazirligi, YUNISEF hamda o‘ndan ortiq xalqaro tashkilotlar ishtirokida yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

f69e29020f7805e952839.jpgTopshiriqqa asosan Andijon viloyatida bo‘lib turgan Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov uchrashuvni onlayn tarzda ochib berdi hamda ishtirokchilarga xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan strategik hamkorlik yo‘nalishi hamda kelgusi 3-5 yillik uchun xalq taʼlimi tizimi oldida turgan dolzarb masalalar haqida fikr bildirdi.

e9666ec87a8c4b18db4b5.jpgTadbirda xalq taʼlimini rivojlantirish strategiyasini belgilash, unda xalqaro tashkilotlarning o‘rni va imkoniyatlarini aniqlash, Taʼlim bo‘yicha global hamkorlik fondi (GPE) homiyligida tizimda olib borilayotgan islohotlar sarhisobi hamda xalq taʼlimini rivojlantirishning 5 yilga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

a1d9284cf5d059c7fd214.jpg

Uchrashuvda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Britaniya kengashi, Amerika kengashi, UNESKO, UNISEF, JICA, KOICA kabi xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillaridan iborat jami 50 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu