Sayt test rejimida ishlamoqda

Rossiya universitetlarida taʼlim olmoqchimisiz? Unda koʻrgazmaga marhamat!

4-oktabr 2021-yil
image

5-7-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Rossiya taʼlimi. Toshkent-2021” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Koʻrgazmada oʻttizdan ortiq Rossiya Federatsiyasining universitetlari oʻz oʻquv dasturi va imkoniyatlarini taqdimot qiladi.

Koʻrgazmaning asosiy maqsadi abituriyentlarni (maktab, litsey bitiruvchilarini) Rossiyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish (grantlarni qoʻlga kiritish) imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat.

Koʻrgazma tashkilotchilari «Россотрудничество», Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi.

Oʻtkazish joyi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Islom Karimov koʻchasi 49, “Oʻzbekiston” va “Xalqlar doʻstligi” metro bekatlari)

Koʻrgazma ish vaqti: 10:00 - 17:00

Batafsil maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: + 998 71 2155428; + 998 71 2547254;

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu