Sayt test rejimida ishlamoqda

QISHKI TAʼTIL UZAYTIRILADI

14-yanvar 2022-yil
image

Hurmatli ota-onalar!

Xalq taʼlimi tizimidagi direktor, direktorning o‘quv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda pedagog-o‘qituvchilarning xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarilgan Milliy o‘quv dasturlari asosida malakalarini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, o‘quvchi - yoshlar o‘rtasida mavsumiy gripp kasalligining keskin ko‘payishining oldini olish maqsadida xalq taʼlimi vazirligi qishki taʼtil kunlarini 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganini maʼlum qiladi.

Taʼtil kunlari davomida, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ular uchun onlayn fan olimpiadalar, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari xalq taʼlimining ijtimoiy tarmoqlari hamda Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu