Sayt test rejimida ishlamoqda

NAVOIY VILOYATIDA IKKI NAFAR O‘QITUVCHIGA COBALT AVTOMOBILI SOVG‘A QILINDI

19-yanvar 2022-yil
image

Navoiy viloyati Navbahor tumanida o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi bilan o‘quvchilarga taʼlim va tarbiya berib kelayotgan ikki nafar o‘qituvchiga Cobalt avtomobili sovg‘a qilindi.

Avtomobil sovg‘asi topshirilgan 1-maktabning fizika fani o‘qituvchisi Sohiba Navro‘zova hamda 20-maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Obidjon Saydaxmetov o‘z faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishiga hissa qo‘shgan.

Xususan, Navbahor tumanida o‘tgan 2021 yil bitiruvchilarining 76,6 foizi oliy taʼlim muassasalariga qamrab olinganligi ham o‘qituvchilarimizning yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda o‘quvchilarga yuqori sifatda taʼlim berayotganidan dalolatdir.

Aytish joizki, o‘qituvchilarga berilayotgan bunday eʼtibor sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda o‘ziga xos motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu