Sayt test rejimida ishlamoqda

24 YANVARDAN BOSHLAB MAKTABLAR BIR OY DAVOMIDA “ONLAYN” FAOLIYAT OLIB BORADI

20-yanvar 2022-yil
image

Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24 yanvardan boshlab maktablardagi taʼlim jarayoni bir oy muddat davomida “onlayn” shaklda olib boriladi.

Masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi (https://t.me/uzeduonlinemaktab).

Fursatdan foydalanib, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sog‘ligini taʼminlagan holda "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘raydi.

Shu o‘rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu