Sayt test rejimida ishlamoqda

PREZIDENT QARORI BILAN MAKTABLARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARI SHTAT BIRLIKLARI O‘RNIGA HAR BIR MAHALLADA YOSHLAR YETAKCHISI LAVOZIMI JORIY ETILDI

21-yanvar 2022-yil
image

«Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga asosan maktablaridagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

✅“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

✅mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;

✅yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

✅yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;

✅huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu