Sayt test rejimida ishlamoqda

IMO-ISHORA TILINI YANA-DA RIVOJLANTIRISH MASALALARI XORIJIY MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA MUHOKAMA ETILDI

26-aprel 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligida “Shaxslar o‘rtasida muloqot vositasi sifatida ishlatiladigan imo-ishora tilini yana-da rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi muhokama qilindi.

Muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Karlar jamiyati hamda Ko‘zi ojizlar jamiyati shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlarning sohaga taalluqli mutaxassislari ishtirok etdi.

Muhokama davomida qarorni takomillashtirish orqali ko‘rishida va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarga yana-da qulayliklar yaratish yuzasidan mutaxasislar bilan fikr almashildi. Loyiha yuzasidan bildirilgan takliflar ushbu qaror loyihasida inobatga olinishi kelishib olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu