Sayt test rejimida ishlamoqda

DAVLAT DASTURINING XALQ TAʼLIMI TIZIMIDAGI BIRINCHI CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

22-aprel 2022-yil
image

Joriy yilning 22 aprel kuni Milliy matbuot markazida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Davlat dasturida belgilangan vazifalarning joriy yil I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

photo2022-04-2216-33-57-2.jpgAnjuman avvalida Usmon Sharifxodjayev Davlat dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berib o‘tdi. Xususan,  taʼlim mazmunini yangilash va pedagoglarning bilimini yaxshilashga alohida urg‘u berilganini taʼkidladi.

photo2022-04-2216-33-57.jpgShuningdek, 2022 yilda 296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblarini yaratish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 3-sinflar uchun 77 nomdagi darslik, mashq daftari va o‘qituvchi metodik qo‘llanmalari hamda 3-sinflar uchun 6 fandan 26 nomdagi multimediali ilovalar yaratilganini qayd etdi va sohada olib borilayotgan qator islohotlarga  to‘xtalib o‘tildi.

photo2022-04-2216-34-26.jpg

Anjuman so‘ngida OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga Xalq taʼlimi vazirligi masʼullari tomonidan batafsil javob berildi.

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu