Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TANLOV EʼLON QILADI: ASARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILING VA NOUTBUK YUTIB OLING!

26-yanvar 2022-yil
image

Xalq taʼlimi vazirligi umumtaʼlim maktab o‘qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tanlov eʼlon qiladi.

(https://telegra.ph/Rudyard-Kipling-If-01-26)Tanlov shartlari quyidagicha:

✅ Ingliz yozuvchisi Jozef Redyard Kiplingning ““If/Yesli” (Zapoved)” asarini (https://telegra.ph/Rudyard-Kipling-If-01-26) o‘zbek tiliga tarjima qilish;

✅ Asarni tarjima qilishda har bir g‘oya va fikrni to‘g‘ri talqin qilgan holda yetkazish;

✅ Asar bo‘yicha tarjimalarni @Mening_ijodim2022 sahifasiga Word formatda ismi sharifingiz hamda maktab raqamingiz ko‘rsatilgan holda quyida ko‘rsatilgan muddatlarda yuborish lozim.

Tanlov joriy yilning 26 yanvaridan – 5 fevraliga qadar davom etadi.

Tanlovda eng yaxshi deb topilgan ijodiy ish 2022 yilning 10 fevral kuni Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchiga Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan noutbuk va diplom topshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu