Sayt test rejimida ishlamoqda

NUFUZLI XALQARO OLIMPIADALARGA SARALASH JARAYONINING II BOSQICHI START OLMOQDA

4-fevral 2022-yil
image

6-11 fevral kunlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini saralashning II  bosqichi o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi 6 fevral kuni informatika va axborot texnologiyalari, 9 fevral kuni biologiya va kimyo, 11 fevral kuni esa matematika va fizika fanlaridan bitta turda A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutida  o‘tkaziladi.

Saralash olimpiadasi topshiriqlarini bajarish uchun: matematika, kimyo, biologiya, fizika fanlariga 4 soat, informatika va axborot texnologiyalari faniga 5 soat vaqt ajratiladi;

Matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan yuqoridagi kvotalar asosida  so‘ngi o‘ringa (mos ravishda 18, 15, 12, 12-o‘rinlar) da’vogar bir nechta ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, berilgan topshiriqlarning yuqori ball beradigan topshiriq bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi;

Har bir topshiriq bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 12-o‘rindagi bir necha ishtirokchilarning to‘plagan ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, hakamlar hay’ati tomonidan shu o‘quvchilarning masala ishlashga sarflagan jarima vaqtlari tizimda tekshiriladi hamda kam jarima olgan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi nazorat materiallari va baholanishi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu