Sayt test rejimida ishlamoqda

“HAYOTIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA EKSPЕRT” RЕSPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

8-aprel 2022-yil
image


2021 yilning yanvar-aprel oylarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi (UNODC) bilan hamkorlikda “Hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ekspert” Respublika tanlovi o‘tkazildi. 3 bosqichda tashkil etilgan ushbu tanlov onlayn tarzda @psyforum telegram kanali orqali uyushtirildi.

Tanlovni tashkil etishdan maqsad – xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog va pedagoglarning yoshlar orasida hayotiy ko‘nikmalar, jumladan, zararli odatlarga “yo‘q” deyish, stresslarni boshqarish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ota-ona va farzandlar hamda o‘quvchilar orasida ijobiy munosabatlarni shakllantirish orqali maktab va oilada barqarorlikka erishishga o‘rgatish yuzasidan malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Tanlovning 1-boschiqida ishtirokchilar umumta’lim maktablarida amaliyotga tatbiq etilgan “Ahil oila – Baxtli maktab” trening dasturi bo‘yicha test orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

2-bosqichida esa mazkur trening dastur asosida ishtirokchilar 3 hafta davomida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlash tajribasini shakllantirdilar hamda o‘z faoliyatini taqdimot shaklida namoyish etdilar.

Ishtirokchilarning taqdimotlari “Ahil oila – Baxtli maktab”  trening dasturi bo‘yicha milliy trenerlar tomonidan baholandi hamda 13 nafar eng kuchli deb topilgan ishtirokchilar 3-final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Final trening dastur yuzasidan ochiq va yopiq savollardan iborat testlashtirish shaklida bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning birinchi bosqichida Respublika bo‘yicha 2 mingga yaqin pedagog va psixologlar ishtirok etdi, shulardan 100 nafari ikkinchi boschiqda qatnashgan bo‘lsa, 13 nafari uchinchi final bosqichida ishtirok etdi. Quyida final bosqichi ishtirokchilari va ularning tanlovda egallagan o‘rni keltirilgan.

Tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga diplom bilan birgalikda quyidagi sovg‘alar taqdim etiladi:

1-o‘rin – planshet;

2-o‘rin – smartfon

3-o‘rin – smartsoat.

Qolgan barcha final sohiblari esdalik sovg‘alar va faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

“Hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha ekspert” Respublika tanlovi ishtirokchilarining umumiy to‘plagan ballari va egallagan o‘rni qo‘yidagi jadvalda:

 

 

 

 

Андижон вилояти

11-ўрин

150

Абдуллаева Дилнозахон

Шаҳрихон тумани, 44-ИДУМ амалиётчи психологи

10-ўрин

151

Юсупова Дилрабохон

Олтинкўл тумани, 1-мактаб амалиётчи психологи

12-ўрин

142

Алиева Хонзодабегим

Андижон шаҳар, 55-мактаб амалиётчи психологи

Жиззах вилояти

6-ўрин

252

Азизов Умирзоқ

Фориш тумани, 15-мактаб амалиётчи психологи

Қашқадарё вилояти

3-ўрин

290

Тошева Моҳинур

Қарши шаҳар, 21-мактаб амалиётчи психологи

7-ўрин

242

Рузиев Нурбек

Касби тумани, 55-мактаб амалиётчи психологи

5-ўрин

254

Халилова Сарвиноз

Карши шахар, 39 мактаб  амалиётчи психологи

1-ўрин

318

Аминова Матлуба

Қарши туман, 1-мактаб амалиётчи психологи

Навоий вилояти

8-ўрин

165

Атамуродова Мухаббат

Қизилтепа тумани, 36-мактаб амалиётчи психолог

Хоразм вилояти

4-ўрин

267

Иброгимова Юлдуз

Хива туман, 27-мактаб амалиётчи психологи

2-ўрин

309

Рахимова Дилрабо

Ҳива шаҳридаги Президент мактаби амалиётчи психологи

9-ўрин

157

Олланазарова Шохноза

Хонқа тумани, 11-мактаб амалиётчи психологи

13-ўрин

138

Жумабоева Мадинахон

Гурлан тумани, 21-мактаб амалиётчи психологи

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu