Sayt test rejimida ishlamoqda

SAMARQANDDA “KITOBXONLIK FESTIVALI” O‘TKAZILDI

2-mart 2022-yil
image

✅ Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan Samarqand viloyatida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi. 

 #Kitobxonlik_festivallari Respublikamiz bo‘ylab barcha viloyatlarda o‘tkazib kelinmoqda. Dastlabki festival “Xalqaro maktab kutubxonalari” kunida Toshkent shahrida,  Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan edi.

photo2022-02-2516-01-32-2.jpg

Festival 5 ta yo‘nalishda o‘tkazildi: 

➡️ “Ertaklar bilimdoni” insholar tanlovi

➡️ “Mening kutubxonam” insholar tanlovi

➡️ “Kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi

➡️ “Yilning eng yaxshi kutubxonachisi” ko‘rik-tanlovi

➡️ “Yilning eng yaxshi kitob taqdimoti” ko‘rik-tanlovlari 

photo2022-02-2516-01-31.jpg

Mazkur tanlov g‘oliblari:

 “Yilning eng yaxshi kutubxonachisi” tanlovi: 

1️⃣-o‘rin – Raʼno Qurbonova, Kattaqo‘rg‘on tumani, 4-maktab kutubxonachisi

2️⃣-o‘rin – Parvina Qahhorova, Urgut tumani, 128-maktab kutubxonachisi

3️⃣-o‘rin – Farog‘at Sulaymonova, Jomboy tumani, 23-maktab kutubxonachisi

photo2022-02-2513-30-08.jpg

“Ertaklar bilimdoni” tanlovi:

1️⃣-o‘rin – Dalerbek Sheraliyev, Kattaqo‘rg‘on shahri, 14-maktabning 4-sinf o‘quvchisi

2️⃣-o‘rin – Mubina Xolboyeva, Jomboy tumani, 23-maktabning 2-sinf o‘quvchisi

3️⃣-o‘rin – Parizoda Holboyeva, Bulung‘ur tumani, 71-maktabning 3-sinf o‘quvchisi

“Mening kutubxonam” insholar tanlovi:

photo2022-02-2516-01-29.jpg

1️⃣-o‘rin – Maftuna Yusupova, Ishtixon tumani, 1-maktabning 9-sinf o‘quvchisi

2️⃣-o‘rin – Nilufar Nurmurodova, Urgut tumani, 33-maktabning 7-sinf o‘quvchisi

3️⃣-o‘rin – Umida Abdug‘aniyeva, Paxtachi tumani, 7-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

photo2022-02-2513-30-11.jpg

“Kitobxon oila” tanlovi:

1️⃣-o‘rin – Kattaqo‘rg‘on shahri, 11-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Mohinur Abdujabborova oilasi

2️⃣-o‘rin – Oqdaryo tumani, 1-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Akrambek Tirkashov oilasi

3️⃣-o‘rin – Oqdaryo tumani, 4-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Gulchiroy Toshpo‘latova oilasi 

photo2022-02-2516-01-29325.jpg

“Yilning eng yaxshi kitob taqdimoti” tanlovi:

1️⃣-o‘rin – Kattaqo‘rg‘on shahri, 11-maktab jamoasi

2️⃣-o‘rin – Ishtixon tumani, 19-maktab jamoasi

3️⃣-o‘rin – Samarqand shahri, 54-maktab jamoasi

photo2022-03-0219-35-20.jpg

Mazkur tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi hamda viloyat hokimligi  tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu