Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN 10 DAN ORTIQ FOYDALI BEPUL TAʼLIM RESURSLARI ISHLAB CHIQILGAN

4-mart 2022-yil
image

 

 

Bugun AOKAda Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan bepul taʼlim platformalari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK tomonidan foydali onlayn resurslar, platforma va portallar uchun qo‘shimcha elektron kontentlar ishlab chiqildi hamda keng ommalashtirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. 

Jumladan, o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi va takrorlashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek maktabdan tashqari taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida Maktab.uz masofaviy taʼlim platformasi ishlab chiqilgan.

photo2022-03-0418-28-59-3.jpg

 Bugungi kunda Maktab.uz portaliga Xalq taʼlimi vazirligi uchun “Onlayn maktab” telekanallari uchun ishlab chiqilgan 1-11 sinflarga mo‘ljallangan  7500 dan ortiq maktab o‘quv dasturi bo‘yicha tayyorlangan videodarslar hamda ularning 2400 dan ortiq taqdimotlari yuklangan.

Bundan tashqari 2021 yil davomida 1-4 sinflar uchun 7 ta fandan jami 84 ta animatsion videodars ko‘rinishidagi resurslar, 5-8 sinflar uchun 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 dan ortiq, 9-11 sinflar uchun 12 ta yo‘nalish bo‘yicha 250 dan ortiq videodarslar maktabdan tashqari taʼlim kontenti sifatida ishlab chiqilgan va Maktab.uz portaliga bosqichma-bosqich joylanadi. Shuningdek, portalda hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha elektron taʼlim resurslari ham joylashtirib borilmoqda.

✔️ O‘quvchilarda kitobxonlikni yana-da ommalashtirish maqsadida Kitob.uz portalini targ‘iboti natijasida joriy yil yanvar oyida portalga tashrif buyuruvchilar soni 16 000 tani tashkil qilib, ularning 93 foizi yangi tashrif buyuruvchilar hisobiga to‘g‘ri keldi. 

Kitob.uz – 4000 taga yaqin elektron va audio kitoblarni o‘z ichiga olgan bepul onlayn kutubxona hisoblanadi.

photo2022-03-0418-28-58.jpg

Shuningdek, kitob.uz portali mobil ilovalarning yuklab olishlar sonida ham keskin ko‘tarilishlar yuz berib, Android va iOS mobil versiyalari hisobida umumiy yuklab olishlar soni qariyb 20 000 martani tashkil qilmoqda.

✔️ EduKids loyihasi doirasida yaratilgan 100 dan ortiq ilmiy-ommabop animatsion dayjestlarini keng ommaga targ‘iboti natijasida telegram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirib borilayotgan dayjestlarning o‘rtacha ko‘rilish soni 50 000 tani tashkil qilmoqda. 

EduKids — o‘quvchi-yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yosh avlodni kelajakda muvaffaqiyatga erishish va o‘z ustida ishlashga chaqirish, shuningdek o‘quvchilarda maʼlum bir mavzular bo‘yicha aniq tasavvurini shakllantirish, unda ota-onalar, jamiyat va o‘qituvchilarning rolini yana-da oshirishni maqsad qilgan 100 dan ortiq ilmiy-ommabop animatsion dayjestlar to‘plamidir. 

✔️ Smartland taʼlim platformasi mobil ilovalarini qishki taʼtil davrida yuklab olishlar soni 5 774 tani (Google Play) va 100 tani (App Store) tashkil etadi. 

photo2022-03-0418-28-59-2.jpgSmartland loyihasi 15 ta fan bo‘yicha rus va o‘zbek tillaridagi 136 ta o‘yin hamda 2008 ta mashqlarni o‘z ichiga olgan interaktiv virtual taʼlim platformasi hisoblanadi. Mazkur taʼlim platformasining iOS va Android operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan mobil ilovasi ishlab chiqilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu