"Jasorat maktablari"ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

5-noyabr 2025-yil
image

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖CHQBT rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari (KPI) asosida erishilgan  natijadorligidan kelib chiqib, bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha miqdorda qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadi;

➖ushbu ustama Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari xarajatlar smetalarida shakllantiriladigan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi doirasida toʻlanadi;

➖umumiy oʻrta taʼlim muassasalari chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi;

➖ “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi tasdiqlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu