Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI TIZIMIDAGI MUASSASALARDA TAʼLIM OLAYOTGAN IKKI NAFAR O‘QUVCHI ZULFIYA MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI

7-mart 2022-yil
image

Joriy yil 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini amalga oshirish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g‘oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan 28 nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

2k2a0488.jpg

Mazkur mukofotga sazovor bo‘lganlar orasida xalq taʼlimi tizidagi muassasalarda taʼlim olayotgan 2 nafar iqtidorli o‘quvchilar ham bor.

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov 7 mart kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashdi va iqtidorli o‘quvchi qizlarni kelgusida o‘qishda, ilmiy va ijodiy faoliyatida ham tengdoshlariga ibrat bo‘lib, o‘z tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashishga chaqirdi.

2k2a0469.jpgShuningdek, nufuzli Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan iqtidorli o‘quvchi qizlarni tabriklab, ularning ota-onasi hamda ustozlariga minnatdorchilik bildirdi.

2k2a0364.jpg

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan o‘quvchilar:

Mushtariy Begim Shonazarova – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Mahbuba Xalilova – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o‘quvchisi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu