Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON VA ITALIYANING XALQ TAʼLIMI SOHASIDAGI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

9-mart 2022-yil
image

Joriy yilning 9 mart kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostinno Pinna bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya ikki tomonlama aloqalarini rivojlantirishda xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

img0719.jpgItaliyaning zamonaviy texnologik kompaniyalari bilan maktab taʼlimini rivojlantirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston umumtaʼlim maktablarida italyan tilini ommalashtirish, aniq fanlarni italyan tilida o‘qitish maqsadida italiyalik mutaxassislarni jalb qilish hamda O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning sifatli taʼlim olishlarini taʼminlash borasida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu