Sayt test rejimida ishlamoqda

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI RAHBARIYATI NAMANGAN VILOYATI MAKTABLARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI YAXSHILASH MASALALARINI KO‘RIB CHIQDI

10-mart 2022-yil
image

Bugun Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyati taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga bordi. Xususan, Chust tumanidagi 13-sonli maktab o‘rganilganda unda o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida 2022 yilda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga qo‘shimcha kiritish orqali mukammal taʼmirlash taklif etildi.

Ushbu 410 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan maktab 1960 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda 701 nafar o‘quvchi taʼlim olmoqda. Shuningdek, vazir 10-11-sinf o‘quvchilari bilan ularning kelajak kasblari, orzu-umidlari haqida suhbat qurildi. Shunchaki kasbga qiziqish emas, uni egallash uchun astoydil harakat qilish zarurligi taʼkidlandi. Maktab pedagoglari bilan suhbatda kelajak avlod uchun masʼuliyatni anglash zarurligi qayd etildi.

1.jpgShu bilan birga, mazkur tumandagi 1-sonli maktabda bo‘lib, maktab binosini 2023-2026 yillarda Investitsiya dasturiga kiritish orqali moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu