Sayt test rejimida ishlamoqda

“Vazir soati”da sohadagi muhim masalalar mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi

7-may 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, tizimdagi o‘quv binolarini qurish va ta’mirlash, malaka sinovlari jarayonlarini izchil davom ettirish, ta’limni raqamlashtirish va IT ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tar ekan, o‘quvchilarning bilimli va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun pedagoglarning kasbiy bilim va mahorati uzluksiz oshirib borishi zarurligi hamda bu borada 2024 yilda 73 ming nafardan ortiq pedagoglarning malakasi oshirilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Aytilganidek, joriy yilda rahbar va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish yo‘nalishi takomillashtiriladi, maktabgacha va maktab ta’limining yaxlit malaka oshirish tizimi tashkil etilib, malaka oshirish muassasalari moddiy-texnik bazasi takomillashtiriladi.

Vazir o‘z so‘zida bu boradagi mavjud muammolarga ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi hamda ularni tizimli hal etish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda joriy yil qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan ta’lim muassalarida bu borada olib borilayotgan ishlar tilga olib o‘tildi. Xususan, o‘quv ob’yektlarini ekspertizadan o‘tkazish, ularni jihozlashga doir navbatdagai masalalar muhokama etildi.

Yana bir muhim masala sifatida, ta’limni raqamlashtirish va IT ta’limini rivojlantirish borasidagi ishlar tahlil etildi. Qayd etilganidek, o‘tgan ikki yil davomida 6 500 dan ortiq maktablar sinfxonalari zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi, joriy yilda yana 1 114 ta maktab sinfxonalari jihozlanishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, tizimdagi 160 ta funksiyani amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda ayni kunlarda qizg‘in davom etayotgan pedagoglarni malaka sinovlaridan o‘tkazish jarayonlari xususida ham zarur ma’lumotlar berib o‘tildi hamda mavjud muammolar muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida “7-may – Aloqachilar kuni” munosabati bilan vazirlikning AKTni joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rabbim Musurmonov “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda mas’ul xodimlar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘nggida vazirlik mas’ullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu