Sayt test rejimida ishlamoqda

58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadaning yakuniy natijalari e'lon qilindi

26-aprel 2024-yil
image

20-26-aprel kunlari 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etgan, Xitoyning Shenjen shahrida bo'lib o'tgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida yakuniy natijalariga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 1 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritildi.

Medal sohiblari bilan tanishing:

Kumush - Daler Rahimov - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;

Bronza - Ahrorbek Bahodirov - ITMA Ibn Sino TIM, 11-sinf o‘quvchisi;

Bronza - Saida Abdullayeva - Navoiy viloyati, 11-son AFCHO'IM, 11-sinf o‘quvchisi;

Bronza - Elyorbek Adhamov - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi;

Bronza - Mirjahon Muxammadov - ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi.

Barcha g’oliblarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini tabriklaymiz!

Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.

Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu