Sayt test rejimida ishlamoqda

Diqqat e'lon!

23-aprel 2024-yil
image

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Tabiat inʼomlari" nomli onlayn videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Mazkur tanlovda taʼlim muassasalari tomonidan 3 000ga yaqin videoroliklar yuborilgan bo‘lib, Ishchi guruh tomonidan tanlov nizomi talablariga mos bo‘lgan eng yaxshi 42 ta ijodiy ishlar saralab olindi.

Saralangan videoroliklar tanlov nizomiga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tanlovlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida (https://www.facebook.com/uzedutanlov ) jamoatchilik tomonidan baholash (“yoqtirish” belgisini bosish) uchun eʼlon qilindi. Jamoatchilik tomonidan eng ko‘p ovoz berilgan ijodiy ishlar "Tabiat inʼomlari" tanlovida g‘olib deb topiladi.
Yuqoridagilarni inbotga olib vazirlikning rasmiy www.facebook.com/uzedutanlov sahifasida nosozliklar kelib chiqganligi sababli Andijon va Toshkent viloyatlarining videoroliklari qayta joylashtiriladi. ushbu videoroliklarga ovoz berish jarayoni 25-aprel kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu