Sayt test rejimida ishlamoqda

"Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat" (ESN) dasturining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

22-aprel 2024-yil
image

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va ingliz tili ustozlari uchun ESN dasturining ahamiyati, o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish yo‘lida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalari olib borayotganini taʼkidladi hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr bildirdi.

Maʼlumot o‘rnida: ushbu dastur AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan va 2019-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

ESN dasturi asosida bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 18 000 nafar ingliz tili o‘qituvchilari malaka oshirishdi va ularning 452 nafari TESOL sertifikatlarini qo‘lga kiritdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu