Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati bilan tanishdi

18-aprel 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Rajabov Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.

Unda ta’lim muassasalarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, formativ-summativ baholash tizimiga o’tgan tajriba-sinov maktablarida baholash jarayonlarini yaxshilash, ta'lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyi bosqichlarga qadar yetkazish holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, kasbi orqali qo'shimcha daromad topayotgan pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu