Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazir o‘rinbosari Qoraqalpog‘istondagi taʼlim muassasalarida bo‘ldi

15-aprel 2024-yil
image

Uchrashuvlar avvalida vazir o‘rinbosari Nukus shahrida bo‘lib o‘tayotgan pedagoglar attestatsiyasi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan keyin u Nukus shahridagi 1- va 37-ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud maktablarda va Xo‘jayli tumanidagi 26-maktabda bo‘ldi.

Temur Komilov bu yerda kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kasanachilik va duradgorlik kabi to‘garaklar faoliyatini o‘rgandi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari maktab atrofidagi tomorqa yerlarga daraxt ko‘chatlarini ham o‘tkazishda qatnashib, ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu