Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazir Hilola Umarova bektemirlik yoshlar muammolarini tingladi

6-aprel 2024-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, vazir har bir yoshning muammolarini individual tinglab, bu bo‘yicha masʼullarga topshiriq berdi.

Ochiq muloqot davomida xususan, biznes va axborot texnologiyalari sohalarini chuqurroq o‘rganish, tikuv sexi ochishga ko‘maklashish va o‘z loyihalarini amaliyotga joriy etishda yordam berish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan yili Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri va vazir o‘rinbosarlariga 190 nafar yoshlar biriktirilgan edi.

Yil davomida vazirlik tomonidan yoshlarning kasb o‘rganishi, ishga joylashishlari va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun amaliy ishlar olib borildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu