Sayt test rejimida ishlamoqda

4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so‘rovnoma jarayonlari o‘tkaziladi

2-aprel 2024-yil
image

Joriy yilda O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti o‘tkaziladi.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari o‘tkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar o‘qituvchi ishtirok etadi.

TALIS - O‘qitish va taʼlim olish muhitini o‘rganish xalqaro tadqiqoti bo‘lib, unda maktab direktorlari va o‘qituvchilar so‘rovnoma to‘ldirish orqali ishtirok etadi.

Tadqiqotda dunyo bo‘ylab 52 ta (shundan tayanch o‘rta taʼlim (ISSED level 2) moduli ishtirokchilari 33 та) mamlakat qatnashmoqda. O‘zbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Рика, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

Maʼlumot uchun: Ertaga “Dolzarb mavzu” loyihasi orqali vazirlik mutaxassislari bilan shu mavzu doirasida muloqot tashkil etiladi. Unda TALIS 2024 tadqiqotining asosiy maqsadi, o‘tkazilish tartibi, so‘rovnoma orqali qanday maʼlumotlar to‘planishi xususida batafsil maʼlumot beriladi.

Muloqot vazirlikning rasmiy kanallari orqali eʼlon qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu