Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

29-mart 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari;

xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

 

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;

Davlat tili fani (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma;

Matematika fanidan — yozma;

Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki;

Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti fanidan yozma (insho);

Matematika fanidanyozma;

Oʻzbek tili fanidan (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida) yozma va ogʻzaki;

Chet tili fanidan  yozma/ogʻzaki;

Oʻzbekiston tarixi fanidan yozma/ogʻzaki;

(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi.

 

Bitiruv imtihonlari (jismoniy tarbiya fanidan tashqari) 2024-yil 26-maydan 15-iyunga qadar, xususan;

9-sinflar bitiruvchilari uchun:

Ona tili va adabiyot fanidan 27-may kuni;

Matematika fanidan 30-may kuni;

11-sinflar uchun:

Ona tili va adabiyot fanidan29-may;

Matematika fanidan 1-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

 

Jismoniy tarbiya fani imtihonlari (9-sinf oʻquvchilari uchun) 2024-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlari nazorati ostida oʻtkaziladi.

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat hamda chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihondan muayyan fandan ozod qilinadi.

Maʼlumot uchun: 11-sinfda har bir oʻquvchining ixtiyoriy tanloviga koʻra tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin oʻquvchining arizasiga koʻra tanlanadi.

11-sinfda har bir oʻquvchining ixtiyoriy tanlovi va ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan bir oy oldin taʼlim muassasasi tomonidan tanlanadi;

Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.

 

Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu