Sayt test rejimida ishlamoqda

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi davom etmoqda

26-mart 2024-yil
image

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida matematika, o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, fanlaridan,

Surxondaryo viloyatida tarix, informatika va axborot texnologiyalari, geografiya, tojik tili fanlaridan,

Toshkent shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichining 2-kuni, yaʼni test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yuqorida qayd etilgan fanlar bo‘yicha 400 dan ortiq umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xorijiy tillar va tabiiy fanlar bo‘yicha asosiy olimpiadaning respublika bosqichi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 28-31-mart kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu