Sayt test rejimida ishlamoqda

Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki

16-mart 2024-yil
image

Bugun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida tashkil etilayotgan umumxalq hashari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida ham qizg‘in bo‘lib o‘tmoqda.

Unda vazirlik rahbariyati va markaziy apparati xodimlari faol ishtirok etdi va binoning ichki va tashqi hududlari, tevarak-atrof obodonlashtirildi.

Daraxt ko‘chatlari oqlanib, chiroyli shaklga keltirildi. Yo‘lak chetlariga bahor gullari ekildi.

Ayni vaqtda umumxalq hashari vazirlik hududiy boshqarmalari tomonidan ham joylarda o‘tkazilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu