Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Namangandagi “Mehrli maktab” sharoiti bilan tanishdi

14-mart 2024-yil
image

Usmon Sharifxodjayev “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasining Namangan viloyatida tashkil etilayotgan filialida bo‘lib, u yerda yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Mutaxassislar bilan kechgan suhbatda har bir bolaga individual yondashuvni taʼminlash, shaxsning psixologik xususiyatlarini hisobga olish, davolash va o‘qitish jarayonlarida bolalar va ota-onalarga har tomonlama yordam berish, samarali reabilitatsiya qilish maqsadida tibbiy-psixologik va pedagogik korreksiya ishlarini vaqtida olib borish borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Taʼkidlash joizki, mazkur maskanda umumiy o‘rta taʼlim bilan bir qatorda maktabgacha taʼlim dasturi bo‘yicha ham bilim berilib, bola davolanish bilan bir vaqtda taʼlim olishi va qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashishi ko‘zda tutilgan.

​​​​​​​

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu