Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyiga tashrif buyurdi

26-fevral 2024-yil
image

 Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bugun Urganch shahrida joylashgan Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida yangi binoning qulay shart-sharoitlari bilan tanishildi. 

Shu bilan birga, vazir tomonidan bir qator takliflar ham bildirildi. Xususan:

➖ yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida katta qamrovli maktablar uchun shunday harbiy sinflarni yaratish, 
➖mazkur ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi takliflar shular jumlasidandir. 

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Jaloliddin Manguberdi harbiy akademik-litseyida 150 nafar o‘quvchi ta’lim olishmoqda.

Ushbu litseyda ta’lim beruvchi pedagoglar uchun alohida oilaviy yotoqxona ham tashkil etilgan.

 

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu