Sayt test rejimida ishlamoqda

VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA

13-fevral 2024-yil
image

Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

2024-yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi. 

Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.

Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi  tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. 

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.

Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari BMBA rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu