Sayt test rejimida ishlamoqda

FRANSIYA ELCHISI OQDARYO TUMANIDAGI 32-UMUMTA’LIM MAKTABIGA BORDI

11-fevral 2024-yil
image

Fransiyaning  O‘zbekistondagi elchisi Orelya Bushez xonim Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabiga bordi.Maktabda nufuzli mehmonga Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Farrux Boltayev hamrohlik qildi.

Boshqarma boshlig‘i suhbat chog‘ida keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirar ekan, maktablarda  ikkita xorijiy til va kasbga o‘qitish yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi  elchisi fransuz tili darsida o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Maktab kutubxonasi, kasbga o‘qitish bo‘yicha to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Suhbat chog‘ida Orelya Bushez xonim maktabda yo‘lga qo‘yilgan kasbga o‘qitish bo‘yicha to‘garaklar faoliyatiga yuksak baho berdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu