Sayt test rejimida ishlamoqda

TATU QARSHI FILIALI BITIRUVCHILARI MAKTABLARDA AMALIYOT O‘TAB, ISHGA JOYLASHTIRILADI

7-aprel 2022-yil
image

Jamoamiz xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Qarshi shahar IT-parkida Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda TATU Qarshi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, unga ko‘ra:

Universitet bitiruvchilari umumta’lim maktablarida amaliyot o‘tashlari;

Kelgusida bitiruvchilar Informatika fani o‘qituvchisi sifatida maktablarda ish faoliyatini boshlashlari;

Universitet professorlari hamda informatika fani o‘qituvchilari o‘zaro tajriba almashishlari kelishib olindi.

*Mazkur o‘quv yili TATU Qarshi filialini 281 nafar talaba tamomlamoqda. Ularning 50% o‘z faoliyatini maktablarda davom ettirish niyatida. Bitiruvchilarning 120 nafariga amaliyot o‘tash uchun hamda ulardan 25 nafariga mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu