Sayt test rejimida ishlamoqda

Poytaxtimizda ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

8-fevral 2024-yil
image

Bugun O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida joriy yilning 21-aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan BYD — VI Toshkent xalqaro marafoniga tayyorgarlik jarayonlariga doir matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, ushbu ommaviy sport musobaqasida dunyoning 40 ga yaqin davlatidan professonal sportchilar hamda havaskorlar ishtirok etilishi kutilmoqda. An’anaviy bahorgi ommaviy yugurish maqomini olgan sport tadbirida yurtimizdagi yoshlar va maktab o‘quvchilari ham qatnashishi mumkin.

Tadbir dasturi 42 km klassik marafon masofasi, 21 km yarim marafon masofasi va 3 km hamda 10 km masofaga yugurish yo‘nalishlaridan iborat. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Marafonda ishtirok etish uchun https://perfend.com/events/sport/tashkent-marathon-6 manzili orqali 2024-yil 5-aprelga qadar ro‘yxatdan o‘tish zarur.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu