Sayt test rejimida ishlamoqda

2023-2024-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

5-fevral 2024-yil
image

Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Eng muhimi, mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu