Sayt test rejimida ishlamoqda

“Vaqt yaxshilik bilan” videoroliklar tanlovi

1-fevral 2024-yil
image

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yordamga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan, keksa yoshdagi yolg‘iz insonlarga yordam ko‘rsatish, tabiat ne’matlariga, shuningdek, qarovsiz hayvonlarga ozor bermaslik singari turli targ‘ibotlarga chorlash maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Vaqt yaxshilik bilan” deb nomlanuvchi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Videorolikka qo‘yiladigan talablar:

rolik davomiyligi 2 - 2,5 daqiqa;

rolik hajmi 90-100 mb;

video formati (*avi, *mpg, *mp4);

odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish;

Videorolikka qo‘yiladigan talablar asosida tayyor bo‘lgan videorolikni uzedu_tanlov_bot ga yuboring.

Sizning ijodiy ishingiz o‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan baholanadi va eng yaxshi videorolik mualliflari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topiladi:

“Mehribon avlod”;

“Tabiat himoyachisi”;

“Mehrli qalb egasi”;

“Vaqt qadrlovchisi”

Tanlov g‘oliblari vazirlik tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Yodda tuting!

Videoroligingizni 2024-yil 3-fevraldan 29-fevralga qadar yuqorida ko‘rsatilgan telegram bot manziliga yuboring. 29-fevral kuni tanlov uchun videorolik yuborish to‘xtatiladi.

Aziz o‘quvchi-yoshlar!

Telegram bot orqali ma’lumotlarni kiritayotganingizda e’tiborli bo‘lishingizni va yuklangan materiallar muvaffaqiyatli yuborilganiga ishonch hosil qilishingizni so‘raymiz. 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu