Sayt test rejimida ishlamoqda

BAA tajribasi o‘rganildi

24-yanvar 2024-yil
image

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi asosida Pedagogika markazlari professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirishni tashkil etish” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi rahbarlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 28-avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish va o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilgan vebinarda qatnashchilar Birlashgan Arab Amirliklaridagi ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tajribali mutaxassislarning chiqishlari, taqdimotlar qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Vebinar qizg‘in savol-javob va munozaralarga boy bo‘ldi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu