Sayt test rejimida ishlamoqda

So‘ragan edingiz...

22-yanvar 2024-yil
image

Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.

Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:

  • 100 metrga yugurish;
  • joyidan turib uzunlikka sakrash;
  • turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);
  • yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.

Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu