Sayt test rejimida ishlamoqda

“Yashil maydon sari" shiori ostida va shaxmatning (blits) turidan Toshkent viloyatining olis hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida musobaqalar o‘tkazildi

14-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan  sportning futbol turidan (jonglyor) "Yashil maydon sari" shiori ostida va shaxmatning (blits) turidan Toshkent viloyatining olis hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida musobaqalar o‘tkazildi. (https://t.me/yoshlikmk)

Mazkur tadbirdan ko’zlangan maqsad qishki ta'til davrida umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Musobaqada viloyatning Parkent, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Yangiyo‘l va Piskent tumanida joylashgan umumta'lim maktablarining 100 dan ortiq o‘quvchilari qatnashib o‘z yosh toifalari bo‘yicha bellashdilar.

G‘olib va sovrindorlar "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlanishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu