Sayt test rejimida ishlamoqda

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari uchun harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi

12-yanvar 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maktablarda “Vatanparvarlik oyligi” hamda harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu sana munosabati bilan Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan hamda harbiy xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar tomonidan maktablarda uchrashuvlar o‘tkazilib, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining “Harbiy-vatanparvarlik karvonlari” tashkil etildi.

Shuningdek, harbiy kasbga qiziqish bildirgan o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilish va rivojlanish tarixi bilan tanishishdi, qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyish etildi. Harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘quvchi-yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

O‘quvchilar o‘rtasida “Saf qo‘shiqlari”, “Otish”, “Velosport”, “Harbiylashgan estafeta” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu