Sayt test rejimida ishlamoqda

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hamkor tashkilotlar vakillari taqdirlandi

13-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, vazirlik mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyati hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning quyidagi xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Hamkorlik nishoni hamda Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi:
 

Bahrom Zulfiqorov –– Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” harakati rahbari;

Shamil Ummatov –– Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatan tayanchi" harakati rahbari yordamchisi;

Jahongir Turapov –– Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;

Baxtiyor Berdialiyev –– Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i;

Umid Nurakbayev –– Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i;

Azizxon Murodov –– Ichki ishlar vazirligi JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmati boshlig‘i;

Doniyor Rahmatov –– Ichki ishlar vazirligi JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori;

Sobirjon Isakov –– Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqarma boshlig‘i;

Azizjon Mamurov –– Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘lim boshlig‘i;

Sherzod Eshquvatov –– O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘lim boshlig‘i.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu