Sayt test rejimida ishlamoqda

 “Lider o‘qituvchilar” hamda “Robo-Coding” olimpiadasi taqdirlash marosimi

6-yanvar 2024-yil
image

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida matematika va kimyo fanlaridan o‘tkazilgan “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Robo-Coding” olimpiadasining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etishdi hamda g'oliblarni samimiy tabriklashdi. 

 

Agentlik tizimidagi maktablarning matematika va kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida ikki bosqichli “lider o‘qituvchilar” olimpiadasi tashkil etildi.

Ushbu olimpiadaning birinchi (hududiy) bosqichi 2023 yil 25 noyabr kuni hududlarda o‘tkazilib, ushbu jarayonda har bir maktabdan 6 nafardan (3 nafar matematika, 3 nafar kimyo) jami 927 nafar o‘qituvchi ishtirok etishdi. Bunda har bir hududdan 6 nafardan (3 nafar matematika, 3 nafar kimyo) jami 84 nafar o‘quvchi ikkinchi (Agentlik) bosqichda ishtirok etish uchun saralab olindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra matematika fanidan birinchi o‘ringa Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Abbos Muhammedov, ikkinchi o‘ringa Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Kamil Sadikov, uchinchi o‘ringa esa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Musoxon Tursunov loyiq deb topildi. Kimyo fanidan o‘tkazilgan sinovlarda esa, birinchi o‘rinni Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilshod Narkulov, ikkinchi o‘rinni Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qiuvchisi Omadillo Zokirov, uchinchi o‘rinni Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Doniyor Tohirov qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga har bir fan bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni egallagan 10 nafardan o‘qituvchilar ushbu fanlarning Ilmiy qo‘mitasi (Scientific Committee) a’zoligi sertifikatiga ham ega bo‘lishdi.

Ilmiy qo‘mita a’zoligi sertifikati bir yil uchun beriladi hamda ular joriy yil davomida mahallaiy va xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilarni tayyorlash, olimpiada materiallarini ishlab chiqish va olimpiadalarning tashkil etishda ishtirok etishadi.

Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy va eksperimental qobiliyatini rivojlantirish hamda qiziqishini rag‘batlantirish maqsadida Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha ikki bosqichli Robo-kodlash olimpiadasi tashkil etildi.

Robo-kodlash olimpiadasining Respublika bosqichi joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazildi.

Ushbu olimpiadaning birinchi (hududiy) bosqichi 2023 yil 9-dekabr kuni hududlarda o‘tkazilib, ushbu jarayonda har bir maktabdan 4 nafardan o‘quvchi 2 ta jamoa (birinchi jamoa 5-6-7-8-sinf o‘quvchilari, ikkinchi jamoa 9-10-11-sinf o‘quvchilari) shaklida jami 700 nafardan ortiq o‘quchi ishtirok etishdi. Bunda har bir hududdan 4 nafardan 2 ta jamoa jami 56 nafar o‘quvchi ikkinchi (Agentlik) bosqichda ishtirok etish uchun saralab olindi. Mazkur olimpiadaning ikkinchi (Agentlik) bosqichi joriy yilning 5 yanvar kuni Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazildi. 

Olimpiada natijalariga ko‘ra 5-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda birinchi o‘rinni Buxoro shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Nastarinbonu Ismatova va Jaxongir Jo‘rayev, ikkinchi o‘rinni Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari Islam Zinxaydarov va Malika Xojamuratova, uchinchi o‘rinni esa Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Usmonjon Muhammadaliyev va Iskandar Sodiqjonov qo‘lga kiritishdi. 9-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bahslarda esa birinchi o‘rinni Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Raxmatullayev va Nozimjon Abduraximov, ikkinchi o‘rinni Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Beksultan Bazarbayev va Manzilbek Karlibayev, uchinchi o‘rinni esa Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Ulug‘bek Ibrohimov va Abdulahad Nabiyev qo‘lga kiritishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu