Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan onlayn olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda

4-yanvar 2024-yil
image

Avval xabar qilinganidek, joriy yilning 3-10-yanvar kunlari maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

Ayni vaqtda olimpiada musobaqalarida maktablarning 5- va 8-sinf o‘quvchilari o‘zlariga tegishli fanlar doirasida ishtirok etmoqda. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Onlayn olimpiadalar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar davom etadi. Uning natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini ishtirokchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu