Sayt test rejimida ishlamoqda

2023-yilda Vazirlik tomonidan o‘quvchilarni kasbga tayyorlash yo‘nalishida nimalar amalga oshirildi?

2-yanvar 2024-yil
image

2023-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni kasbga tayyorlash yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

– maktablarda 1-11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yangi “Kasbga yo‘naltirish tizimi” joriy etildi;

– har bir tuman (shahar)da bittadan, jami 208 ta maktabda 17 082 nafar (8 454 nafari qizlar, 49,5 foiz) 10-sinf o‘quvchilariga 3 ta yo‘nalishda kasb-hunar o‘rgatish tizimi joriy etildi;

– 10-sinflar uchun “Kasbiy ta’lim” fani joriy etildi va ushbu fanga haftasiga 2 o‘quv soati ajratildi;

– o‘quvchilarga 15 ta ishchi kasb, 4 ta tadbirkorlik, 8 ta axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi;

– o‘quvchilarni kasb va mutaxassislarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 1,8 mln nafardan ortiq o‘quvchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va agrotexnologiya yo‘nalishidagi korxonalarga 9 709 ta ekskursiya, 4 563 ta seminar, 27 259 ta uchrashuvlar tashkil etildi;

– olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 112 856 nafar 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga jalb qilindi;

– Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-son umumta’lim maktabining o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirildi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu