Sayt test rejimida ishlamoqda

"Prezident sovg'asi" respublikamizning barcha hududlariga yetib bordi

28-dekabr 2023-yil
image

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun beriladigan “Prezident sovg‘asi” karvonlari barcha hududlarga yetib bordi.

Ushbu sovg'alar hududiy  hokimliklar ishtirokida joriy yilning 29-30-dekabr kunlari tantanali tarzda topshiriladi. 

Ma'lumot o'rnida: "Prezident sovg'asi" tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 17 turdagi shirinliklar, 2 nomdagi kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasi va boshqa sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 12 yoshdan katta 1600 nafar tarbiyalanuvchilar sovg‘alari tarkibiga planshetlar ham kiritilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu