Sayt test rejimida ishlamoqda

“2024-yil uchun tizimda yagona PR-strategiyasini belgilash va amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida onlayn treninglar tashkil etildi

21-dekabr 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan hududiy matbuot kotiblari uchun “2024-yil uchun tizimda yagona PR-strategiyasini belgilash va amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida onlayn treninglar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarida Vazirlik Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova tomonidan Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot kotiblariga mahorat darslari o‘tkazildi.

Seminar davomida mas’ullarga kerakli tavsiyalar berilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi

Shuningdek, yangi yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar haqida ham so‘z yuritildi. Bunda har bir hududning matbuot kotibi o‘z reja va takliflarini bildirdi.

Bunda OAV vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tizimdagi yangiliklarni tezkor yoritib borish zarurligi ta’kidlandi. Trening davomida, shuningdek maktablar faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda ta’lim muassasasi faoliyatiga doir xabarlarni tezkorlik bilan yoritish haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu