Sayt test rejimida ishlamoqda

“Ustozlar – ta’lim bunyodkori” mavzusida “O‘qituvchilar qurultoyi”

20-dekabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 7-noyabr kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi tashkil etilib, jami 1 364 nafar trener o‘qituvchilar tomonidan boshlang‘ich ta’lim, aniq, tabiiy, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida 40 684 nafar fan o‘qituvchilariga seminarlar o‘tkazilgan edi.

20-26-dekabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab “O‘qituvchilar qurultoyi”ning viloyat bosqichi  tashkil etildi.

Qurultoydan ko‘zlangan maqsad ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish hamda mavjud muammolarni muhokama qilish va ularni yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Uchrashuvda Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati, viloyat hokimliklari, shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Qurultoyning shoʻba ishlari boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarida tashkil etildi. Unda umumta’lim maktablarining amaliyotchi o‘qituvchilari, Prezident maktablarining xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda treninglar tashkil etildi:

  • o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • loyihaga asoslangan ta’lim;
  • aniq va tabiiy fanlarni qanday sifatli o‘qitamiz? 21 asrda sifatli o‘qitishning asosiy tamoyillari.

Qurultoy doirasida vazirlik va hokimiyat rahbariyati ishtirokida jonli muloqot ham bo‘lib o‘tdi. Unda:

  • So‘ngi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini qamrab olayotgan keng islohotlar jarayoni, erishilgan yutuqlar;
  • O‘zbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi ishtiroki, natijalari, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha belgilab olingan vazifalar;
  • “O‘qituvchilar qurultoyi” ning tuman (shahar), viloyat  bosqichlarida pedagoglar tomonidan bildirilgan ta’lim jarayonidagi mavjud muammolar muhokama etildi.

“O‘qituvchilar qurultoyi” doirasidagi ilk uchrashuv tadbirlari joriy yilning 20-dekabr kuni Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir doirasida tashkil etilgan seminar treninglarda har bir yo‘nalish bo‘yicha viloyatdagi 341 nafardan jami 1 364 nafar trener o‘qituvchilar tayyorlandi. Ushbu trener o‘qituvchilar tomonidan respublika bo‘yicha 40 684 nafar fan o‘qituvchilariga o‘quvlar hamda ochiq muloqotlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: O‘qituvchilar qurultoyining tuman bosqichi noyabr oyining 1-haftasida bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu