Sayt test rejimida ishlamoqda

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish ekologik muammolarni hal etishda yordam beradi

16-dekabr 2023-yil
image

 

Joriy yilning 25-oktyabrida Vazirlar Mahkamasining 561-son qarori bilan Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiya tasdiqlangan bo‘lib, ta’lim muassasalarida, jumladan nodavlat ta’lim tashkilotlari ham o‘z faoliyatini Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi muvofiqlik mezonlari bo‘yicha olib borishlari tavsiya etiladi.  

Xo‘sh, “Yashil iqtisodiyot” taksonomiyasi o‘zi nima?

1)  Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan davlat moliyaviy ko‘magidan (subsidiyalar, grantlar, kredit liniyalari, kafolatlar va boshqalardan) foydalangan barcha tadbirkorlik subektlari, shu jumladan, xususiy va davlat ishtirokidagi xo‘jalik birlashmalarining investisiyaviy xarajatlari Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflanishi hamda ular tomonidan mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organiga ma’lumotlar taqdim etish tartibi joriy etilishi belgilandi.
2)  “Yashil” loyihalar taksonomiyasi – barqaror rivojlanishga ko‘maklashadigan va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni oshirishga, atrof muhitga salbiy ta’sir darajasini pasaytirishga va energiya tejamkorligini oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat turlari, loyihalar va aktivlarni tasniflash tizimi.
3) Hujjatga ko‘ra Milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi quyidagi yetti toifadan iborat:
1. Suv va xomashyolardan foydalanish samaradorligi;
2. Havo va tuproq sifatini yaxshilash;
3. Barqaror qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, ekoturizm;
4. Yashil transport;
5. Energiya samaradorlikni oshirish;
6. Qayta tiklanuvchi energiya;
7. Yashil binolar.
“Yashil” iqtisodiyotga o‘tish suv resurslaridan nooqilona foydalanish, havoning ifloslanishi, o‘rmonlarning qisqarishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi va iqlim o‘zgarishi kabi ekologik muammolarni hal etishda yordam beradi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu