Sayt test rejimida ishlamoqda

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlov g‘oliblari taqdirlandi

13-dekabr 2023-yil
image

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan yurtimizda “Inson huquqlari” o‘n kunligi faollik bilan o‘tkazildi.

Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlov g‘oliblari taqdirlandi. Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligi va 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan eʼlon qilingan “Inson huquqlari o‘n kunligi” doirasida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, milliy tanlov joriy yilning 1-iyunida eʼlon qilinib, 15-noyabriga qadar davom etdi. Mazkur jarayonda, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi taʼlim va innovatsiyalarni rag‘batlantirish orqali aholining inson huquqlari bo‘yicha huquqiy madaniyati va savodxonligini yana-da oshirish, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida eʼtibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, respublikamiz taʼlim muassasalarida umummilliy dars konsepsiyasi asosida 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq darslar tashkil etildi.

G‘oliblar hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari va 1, 2, 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu