Sayt test rejimida ishlamoqda

So‘ragan edingiz

11-dekabr 2023-yil
image

Savol: Ona tili fani o‘qituvchisiman. 27 yildan buyon maktabda dars beraman, 2027-yilda nafaqaga chiqishim kerak. Hozirda malaka toifam oliy, sertifikatim muddati 2026-yilda tugaydi. Shunda men ham 2026-yilda majburiy attestatsiyaga jalb etilamanmi?

 

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021-yilda "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 572-sonli Qarori kuchga kirgan.

Mazkur Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga muvofiq, jumladan quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan:

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar;

yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog xodimlar.

Ushbu Nizomning 7-bandida esa "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlarning amaldagi malaka toifalari (lavozimlari) saqlanib qoladi hamda ularga ta’lim tashkilotlarida ishlagan davrida mazkur malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinasiz va Sizning amaldagi toifangiz umrbod saqlanib qolinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu